
Gaiti terma jamoasi oʻz tarixida ikkinchi bor Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Birinchi marta bu voqea 1974-yilda sodir boʻlgan edi, oʻshanda Gaiti futbolchilari Italiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda gol urishga muvaffaq boʻlishgan.
Qiziqarli tomoni shundaki, jahon chempionatiga saralash bosqichida Gaiti jamoasi birorta ham oʻyinni oʻz maydonida oʻtkazmagan. Ular barcha gʻalabalarini, jumladan Nikaragua terma jamoasiga qarshi 2:0 hisobidagi hal qiluvchi oʻyinini ham safarda qoʻlga kiritishdi.
Soʻnggi yillarda Gaiti mamlakati jiddiy siyosiy va ijtimoiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Bu inqiroz davlatni jinoyatchilik avj olgan holatga olib kelgan, qurollangan toʻdalar hatto poytaxt Port-o-Prensni ham nazorat qilib turibdi.
Aynan shu sababli Gaiti terma jamoasi oʻz oʻyinlarini uy stadionida oʻtkaza olmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.