date

Arne Slot: "Liverpul"ning muammoli pozitsiyasi haqida


"Liverpul" jamoasi o'ng qanot himoyachilarisiz qoldi. Jamoaning asosiy o'ng qanot himoyachilari Jeremi Frimpong va Konor Bredli jarohat sababli safdan chiqqan.

Jamoa bosh murabbiyi Arne Slot ushbu vaziyat bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi. "Shoboshlay har qanday pozitsiyada yaxshi o'ynay oladi.

U qanot himoyachisi va yarim himoyachi sifatida ajoyib o'yin ko'rsatgan. Djons ham himoyaning o'ng qanotida o'ynashi mumkin.

Shuningdek, Gomes ham bu erda o'ynay oladi. 2025-yilda u ushbu pozitsiyada ikkita 90 daqiqalik o'yin o'tkazgan.

Vaziyat oson emas, lekin yaxshi tomoni shundaki, bizda yetarli futbolchilar bor. Ehtimol, bir yoki ikki futbolchi o'z odatiy pozitsiyasidan tashqarida o'ynashga majbur bo'ladi", dedi Slot matbuot anjumanida.

"Liverpul" jamoasi shanba kuni uy maydonida "Nottingem Forest"ga qarshi Premer-liga uchrashuvini o'tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot: "Liverpul"ning muammoli pozitsiyasi haqida