
Italiya terma jamoasi va "Milan"ning sobiq yarim himoyachisi Stefano Eranio 1990-yillar davomida klub safida o‘ynagan edi. Jurnalistlar undan yozgi transferlarda "Milan"ga kelib qo‘shilgan Luka Modrich haqida fikr bildirishni so‘rashdi.
Eranioning ta'kidlashicha, u futbolchidan bunday yuqori saviyadagi o‘yinni kutmagan edi. "Modrichdan bunday ajoyib o‘yin kutmagandim.
U zudlik bilan Allegri jamoasiga moslashib ketdi. Yarim himoya maydonining o‘yin geometriyasini belgilab beradi.
Hozirda esa "Milan"ning yarim himoyasi faqatgina "Inter"dan pastroq bo‘lishi mumkin", – deydi Eranio pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich ilgari uzoq yillar davomida Madridning "Real" jamoasi safida to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.