date

Federiko Kyeza yana A Seriya klublarida qiziqish uygʻotdi


“Liverpul” vingeri Federiko Kyeza qishki transfer oynasida A Seriyaga qaytishi mumkin. Italiyalik futbolchi Arne Slot boshqaruvidagi jamoada oʻtgan mavsumga qaraganda muhimroq rol oʻynayapti, ammo hali ham asosiy tarkibda joy ololmayapti.

Calciomercato xabariga koʻra, Kyezaga boʻlgan qiziqish Italiya chempionatida hanuz yuqori darajada. Yanvar oyida 28 yoshli futbolchini “Milan”, “Inter”, “Roma” va “Napoli” klublari ijaraga olish ehtimolini koʻrib chiqishi mumkin.

Sobiq “Yuventus” yulduzining maosh talablarini qondirish oson boʻlmaydi, shu sababdan koʻproq ijara varianti muhokama qilinmoqda. Federiko Kyezaning Transfermarkt portalidagi transfer qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.

U joriy mavsumda “Liverpul” safida 12 oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Federiko Kyeza yana A Seriya klublarida qiziqish uygʻotdi