Obameyang faoliyatida 400-golini urdi

Obameyang faoliyatida 400-golini urdi
Marsel hujumchisi Per-Emerik Obameyang o'zining futbolchilik faoliyatidagi 400-golini urishga erishdi. 36 yoshli futbolchi bugungi Fransiya 1-ligasi doirasidagi oʻyinda Nitstaga qarshi bahsda hisobni ochdi.

U 11-daqiqada Benjamin Pavar uzatmasidan soʻng gol kiritdi. Obameyang klubdagi faoliyati davomida jami 361 ta gol urgan, milliy terma jamoasi safida esa raqib darvozasini 39 bor ishgʻol qilgan.

Tajribali hujumchi joriy yilda "Marsel"ga qaytdi. U bungacha "Al-Qadisiyah", "Chelsi", "Barselona", Londonning "Arsenal", Dortmundning "Borussiya", "Sent-Etyen", "Monako", "Lill", "Dijon" va "Milan" klublarida toʻp surgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar