
Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Massimo Ambrozini jamoaning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri haqida fikr bildirdi. U Allegri haqida yuqori baho berib, uni ajoyib murabbiy deb atadi.
"U juda isteʼdodli murabbiy. Uning intuitsiyasi aʼlo darajada.
Men uning qoʻl ostida oʻynagan vaqtimda u yulduz futbolchilar bilan ishlashni ajoyib tarzda uddalagan edi", - deydi Ambrozini pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Ambrozini 1995 yildan 2014 yilgacha "Milan" safida toʻp surgan va faoliyatining soʻngida Allegri boshchiligida Skudettoni qoʻlga kiritgan edi.
Hozirda "Milan" A Seriya chempionatining turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.