date

Onana "Manchester Yunayted"ga qaytishni xohlaydi


Darvozabon Andre Onana hozirda Turkiyaning "Trabzonspor" klubida ijarada toʻp surmoqda va "Manchester Yunayted" safida yana oʻz imkoniyatini sinab koʻrishni istamoqda. Kamerunlik darvozabon joriy mavsum boshida "qizil iblislar"ni tark etgan edi.

Uning oʻrnini "MYU" darvozasida belgiya terma jamoasi darvozaboni Senne Lammens egalladi. Klub rahbariyati Lammensni uzoq yillar davomida asosiy darvozabon sifatida koʻrmoqda.

Shunga qaramay, The i Paper Sport nashri xabariga koʻra, 29 yoshli Onana ijaradan qaytgach, asosiy tarkibda oʻrin uchun kurashmoqchi. "Trabzonspor" safida oʻtkazgan sakkizta oʻyinda Onana yetti gol oʻtkazib yubordi va uch uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Onana "Manchester Yunayted"ga qaytishni xohlaydi