
Tennis bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi Australian Open–2017 musobaqasining uchinchi davrasida jahon reytingida 117-o‘rinda borayotgan o‘zbekistonlik Denis Istomin ispaniyalik tennischi, dunyoning 31-raketkasi Pablo Karreno Bustaga qarshi kortga chiqdi.
Uch yarim soat davom etgan bellashuvda Denis Istomin 5 setda – 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, faoliyatida birinchi marta Australian Open turnirining nimchorak finaliga chiqdi.
Denis Istomin birinchi davrada xorvatiyalik Ivan Dodichni 4 setda – 6:1, 6:4, 3:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ikkinchi davrada esa O‘zbekiston vakili dunyoning 2-raketkasi Novak Jokovichni sensasion tarzda taslim qilgandi.
30 yoshli tennischi nimchorak finalda bolgariyalik Grigor Dimitrov (15-raketka) va fransiyalik Rishar Gaske (18-raketka) uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin natijasidan qat’i nazar Istomin 165 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar