
“Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa yetakchisi Koul Palmerning yangi jarohati haqidagi xabarni qanday qabul qilgani haqida soʻzlab berdi. Hujumkor yarim himoyachi avvalgi jarohatidan deyarli forigʻ boʻlib, ikki oydan soʻng maydonga qaytishga tayyor edi.
Ammo kutilmagan holat yuz berdi – futbolchi uyida baxtsiz hodisa tufayli oyoq barmogʻini sindirib oldi. Mareska bu voqeani quyidagicha izohladi: "Tunda, soat 23:00 da shifokordan xabar kelsa, darhol nimadir yomonlikni his qilasan.
Telefonga qarasam, ‘Koul uyda baxtsiz hodisaga uchradi’, deb yozilgan ekan. Oʻsha paytda xotinim bilan yonma-yon edim va darhol hayqirdim: ‘Xudoyim, nimalar boʻlyapti?!’ Xotinim esa hayron boʻlib soʻradi: ‘Nima boʻldi?
Nima boʻldi?’” Bugun Moskva vaqti bilan soat 15:30 da “Chelsi” va “Byornli” jamoalari oʻrtasida bahs boʻlib oʻtadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.