
“Liverpul” va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Isak ijtimoiy tarmoqdagi tahdidlardan keyin o'zini himoya qilish maqsadida it sotib oldi. The Sun nashrining xabar berishicha, Isak bu maqsadda 30 ming funt sterling (34 ming yevro) sarflagan va doberman zotli it xarid qilgan.
Ushbu it futbolchini maydon tashqarisida himoya qiladi. Manbalarga ko'ra, Isak joriy yozni “Liverpul”ga o'tishidagi murakkabliklar va yuqori transfer summasi sabab biroz qiyin o'tkazgan.
Futbolchi maydon tashqarisidagi hayotini ham tartibga solishni xohlayapti va himoya uchun it boqish bu jarayonning muhim qismi hisoblanadi. Shuningdek, Isakning “Nyukasl”dan ketishni xohlaganligi tufayli yozda mashg'ulotlarni boykot qilishi ortidan unga tahdidlar kelib tushgan.
Yaqinda esa bunday tahdidlar yana qayta kuzatilgan, xususan, Shvetsiya terma jamoasi Jahon chempionati – 2026 saralash bosqichida guruhda so'nggi o'rinni egallaganidan keyin boshqa futbolchilar ham tahdidlarga uchragan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.