
“Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareska Premer-liganing safar oʻyinida “Byornli” ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. "Bunday gʻalaba men uchun unchalik zavqli emas edi, chunki bu oson boʻlmadi.
Milliy terma jamoalar oʻyinlari tufayli tanaffusdan keyin soat 12:30 da oʻynash qiyin. Ayniqsa, "Byornli" maydonida har doim murakkab boʻladi.
Ammo jamoamizning kurashuvchanligidan xursandman. Bu yerga kelib, gol oʻtkazmaslik juda qiyin.
Raqib darvozamiz oldida bir nechta imkoniyat yaratdi, lekin ular uchun haqiqiy xavf tugʻdirgan holat faqat bir marta boʻldi. Biz esa koʻplab imkoniyatlardan foydalandik.
Jeymsning almashtirilishi rejada bor edi. Unga avvaldan 45 daqiqa oʻynashni rejalashtirgandik.
Endi kuchlarimizni tiklab, seshanba kuni oʻyin uchun tayyorgarlik koʻramiz", – dedi Mareska TNT Sportsga. Eslatib oʻtamiz, "Chelsi" 25-noyabr, seshanba kuni Chempionlar ligasida “Barselona”ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.