
Fransiya chempionatining o'n uchinchi tur uchrashuvlari boshlandi. "Marsel" mehmon sifatida "Nissa"ga qarshi o'yin o'tkazib, raqibni 5:1 hisobida tor-mor etdi.
Ushbu bahsda Meyson Grinvud yana o'z mahoratini namoyish qilib, ikkita gol urdi va klubdagi gollari sonini 30 taga yetkazdi. Grinvud "Marsel" tarixida ushbu natijaga erishgan eng tezkor uchinchi futbolchiga aylandi.
Undan tezroq faqatgina shved Gunnar Andersson (34 o'yinda) va yugoslaviyalik Yosip Skoblar (38 o'yinda) bu ko'rsatkichga erishgan. Keyingi turda "Marsel" Fransiyaning janubiy qo'shnilaridan biri "Tuluz" klubini o'z maydonida qabul qiladi.
Uchrashuv noyabr oyining so'nggi kunida bo'lib o'tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.