date

Levandovski: 'Barselona'ning maqsadi — barcha o‘yinlarda g‘alaba


Barselona hujumchisi Robert Levandovski La Liga doirasidagi Bilbao Atletikiga qarshi o‘yinda (4:0) qozonilgan g‘alabadan so‘ng intervyu berdi. 37 yoshli polyak futbolchi uzoq tanaffusdan so‘ng "Kamp Nou"ga qaytgan ilk o‘yinda jamoasining birinchi goliga mualliflik qildi.

U 4-daqiqadayoq raqib darvozasini ishg‘ol qildi. "Yil oxirigacha yana sakkizta o‘yin bor va men har birida g‘alaba qozonishimiz mumkinligiga ishonaman.

O‘zimni zo‘r his qilmoqdaman, jamoamiz ham yaxshi holatda. Agar bugungidek o‘ynashda davom etsak, 2025 yilda qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz aniq", — dedi Levandovski DAZN telekanaliga bergan intervyusida.

Kataloniya klubi La Ligada Madridning Real jamoasi bilan ochkolar soni bo‘yicha (31 ochko) tenglashdi, biroq "Qirollik klubi"ning bitta zaxira o‘yini bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Levandovski: 'Barselona'ning maqsadi — barcha o‘yinlarda g‘alaba