Aleksandr Isakdan "Liverpul" uchun antirekord

Aleksandr Isakdan "Liverpul" uchun antirekord
Shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isakning "Liverpul" klubiga qimmat transferi hozircha kutilgan natijalarni bermayapti. Futbolchi mersisaydliklar tarixida antirekord oʻrnatdi.

Isak Angliya Premyer-ligasi tarixida "Liverpul"ning asosiy tarkibida ilk toʻrtta uchrashuvida magʻlubiyatga uchragan birinchi futbolchi boʻldi. Eslatib oʻtamiz, Aleksandr Isak oʻtgan transfer oynasida "Nyukasl"dan "Liverpul"ga oʻtgan edi.

Uning oʻtishi uchun klub taxminan 130 million yevro sarflagan. Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi Angliya Premyer-ligasida beshta oʻyinda maydonga tushib, bir golga uzatma yozib qoʻydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar