date

APLda kutilmaganlik: Superkompyuter “Arsenal”ni chempion deb e’lon qildi!

APLda kutilmaganlik: Superkompyuter “Arsenal”ni chempion deb e’lon qildi!

Londonning "Arsenal" klubi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida chempionlik oltin medallarini qo‘lga kiritish uchun mutlaq favorit deb atalmoqda. Buni "Opta" nashrining zamonaviy superkompyuteri tomonidan amalga oshirilgan tahliliy hisob-kitoblar tasdiqladi.

"Siti"ning imkoniyati besh barobar past

Superkompyuter londonliklarning chempionligiga juda katta ishonch bildirib, bu ko‘rsatkichni 76,1 foiz deb baholadi. Ayni paytda, so‘nggi yillar gegemoni hisoblangan "Manchester Siti"ning chempion bo‘lish ehtimoli besh barobar past14,1 foiz atrofida qayd etmoqda. Bu tafovut butun futbol jamoatchiligi uchun mutlaqo kutilmagan holat hisoblanadi.

Qolgan jamoalarning birinchi o‘rin uchun umidlari juda past baholandi: "Chelsi" (3,46%), "Liverpul" (2,42%), "Aston Villa" (1,57%) va "Kristal Pelas" (1,17%).

Arteta shogirdlari — jadval peshqadami

Bunday yuqori taxminlar Mikel Arteta shogirdlarining hozirgi muvaffaqiyati bilan uzviy bog‘liq. 12 tur yakuniga ko‘ra, "Arsenal" 29 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida birinchi pog‘onani mustahkamlab turibdi. Ularni mos ravishda ikkinchi o‘rindagi "aristokratlar" (23 ochko) va uchinchi o‘rindagi "shaharliklar" (22 ochko) ta’qib qilishmoqda. "To‘pchilar" ayni damda asosiy raqiblaridan sezilarli farq bilan oldinda va superkompyuter ularning bu ustunligini haqli ravishda baholadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » APLda kutilmaganlik: Superkompyuter “Arsenal”ni chempion deb e’lon qildi!