
Chempionlar ligasi doirasida seshanba oqshomida "Chelsi" va "Barselona" jamoalari oʻzaro bahs olib boradi. Londonliklar bosh murabbiyi Enso Mareska "Chelsi" uchun "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini toʻxtatish qanchalik muhim ekani haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
"Shubhasiz, Levandovski – fantastik oʻyinchi. Uning butun faoliyati davomida asosiy maqsadi gol urish boʻlib kelgan va u bunga doim muvaffaq boʻlgan.
Biz uni toʻxtatish uchun qoʻlimizdan kelgan barcha choralarni koʻramiz va agressiv oʻynashga harakat qilamiz. Ammo "Barselona"da Levandovskidan tashqari ham kuchli futbolchilar – Yamal, Lopes, de Yong kabi oʻyinchilar bor.
Bizda ham gʻalaba qozonishga qodir futbolchilar yetarli," – dedi Mareska matbuot anjumanida. Chempionlar ligasi uchrashuvi 25-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.