date

“Chelsi” va “Arsenal” o‘yini bosh hakami aniqlandi

“Chelsi” va “Arsenal” o‘yini bosh hakami aniqlandi
Angliya Premer-ligasi 13-turidan o‘rin olgan “Chelsi” va “Arsenal” o‘rtasidagi o‘yinni Entoni Teylor boshqarib boradi. Mazkur uchrashuv 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” hozirda APL musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda va jamoa hisobida 29 ochko mavjud. Mikel Arteta shogirdlari o‘tgan turda o‘z maydonida “Tottenhem”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Chelsi” esa 23 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa “Manchester Siti”dan bir ochko, “Aston Villa”dan esa ikki ochkoga oldinda.

12-tur doirasida “Chelsi” safarda “Byornli”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Jamoani ispaniyalik murabbiy Enso Mareska boshqaradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Chelsi” va “Arsenal” o‘yini bosh hakami aniqlandi