date

Realdagi bir nechta yetakchi futbolchilar Xabi Alonsodan norozi

Realdagi bir nechta yetakchi futbolchilar Xabi Alonsodan norozi

Cadena Ser jurnalistlari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Real Madrid” jamoasida ayrim yulduzlar bosh murabbiy Xabi Alonso bilan hamkorlikda muammolarga duch kelmoqda.

Manbalarning aytishicha, hujumchi Vinisius Junior, yarim himoyachi Jud Bellingem va himoyachi Federiko Valverde ispaniyalik mutaxassis bilan umumiy til topishishda qiynalmoqda. Ular o‘rtasida taktik ko‘rsatmalar va jamoa ichidagi munosabatlar masalalari bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjudligi ta’kidlanadi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Vinisius Juniorning Alonso jamoaga rahbarlik qilishda davom etsa, “qaymoqranglilar” bilan yangi shartnoma imzolamaslik ehtimoli borligini xabar qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 44 yoshli Xabi Alonso o‘tgan yozda “Real”ni qabul qilib olgan va u bilan tuzilgan shartnoma 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Realdagi bir nechta yetakchi futbolchilar Xabi Alonsodan norozi