date

Jahon chempionati 2026: savatchalar tasdiqlandi


FIFA 2026-yilda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun qurʼa tashlash savatchalarini tasdiqladi. Mundialga yoʻl olgan jamoalar toʻrtta savatchaga boʻlingan – har bir savatchada 12 tadan jamoa mavjud.

Shu bilan birga, toʻrtinchi savatchadagi oltita jamoa hali aniqlanmagan, chunki UEFA zonasidagi pley-off oʻyinlari va qitʼalararo bahslar mart oyida oʻtkaziladi. 1-savatcha: Kanada, Meksika, AQSh, Ispaniya, Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya.

2-savatcha: Xorvatiya, Marokash, Kolumbiya, Urugvay, Shveysariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Janubiy Koreya, Ekvador, Avstriya, Avstraliya. 3-savatcha: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, Oʻzbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika Respublikasi.

4-savatcha: Iordaniya, Kabo-Verde, Gana, Kyurasao, Gaiti, Yangi Zelandiya, UEFA pley-off A gʻolibi, UEFA pley-off B gʻolibi, UEFA pley-off C gʻolibi, UEFA pley-off D gʻolibi, qitʼalararo oʻyinlar 1-gʻolibi, qitʼalararo oʻyinlar 2-gʻolibi. Jahon chempionati – 2026 qurʼa tashlash marosimi 5-dekabr kuni Vashingtonda boʻlib oʻtadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionati 2026: savatchalar tasdiqlandi