date

Spalletti: "Jamoa olqishlarga loyiq"


Yevropa futbolida Chempionlar Ligasi guruh bosqichining beshinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda. Italiyaning "Yuventus" klubi Norvegiyaga safar qilib, "Bodø/Glimt"ga qarshi bahsda 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Klub bosh murabbiyi Luchano Spalletti natijadan mamnun koʻrinadi, chunki ichki chempionatda uning qoʻl ostidagi "Yuventus" koʻpincha durang oʻynab kelmoqda. "Bu maydonda barcha jamoalar muammolarga duch kelgan, ammo bunga qaramasdan, biz oʻyin davomida rivojlandik va ikkinchi boʻlimda oʻzimizga kerakli natijaga erishdik.

Koʻrsatgan oʻyinimizga mos natijaga erishmasak, bu achinarli boʻlardi. Futbolchilar oʻz ishlarini a'lo darajada bajarishdi va maqtovlarga loyiq", - deydi Spalletti Juvenews.eu nashriga bergan intervyusida.

"Yuventus" keyingi turda Kiprning "Pafos" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti: "Jamoa olqishlarga loyiq"