Mareska: "Chelsi o‘tgan mavsumdan kuchliroq"

Mareska: "Chelsi o‘tgan mavsumdan kuchliroq"

Mareska: "Chelsi o‘tgan mavsumdan kuchliroq"
Chelsi bosh murabbiyi Enso Mareska jamoasining Barselona ustidan Chempionlar Ligasi uchrashuvidagi 3:0 hisobida qo‘lga kiritilgan g‘alabasidan so‘ng jamoaning o‘sishini ijobiy baholadi. "Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi g‘alaba futbolchilarimizga ishonch bag‘ishladi.

O‘tgan mavsumda biz Konferensiyalar Ligasi musobaqasida ishtirok etgan edik va futbolchilarga har qanday turnirda g‘alaba qozonish zarurligini aytgandim. G‘alaba qozonish – bu g‘alabaga intiluvchan mentalitetni shakllantirishning yagona yo‘li.

Qaysi musobaqada qatnashishingizdan qat’i nazar, faqat g‘alaba orqali kerakli munosabatni rivojlantirasiz. Hozirgi paytda biz o‘tgan mavsumdan ko‘ra yaxshiroq o‘ynayapmiz", – dedi Mareska The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Chelsi jamoasi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining besh turidan so‘ng 10 ochkoga ega va turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar