
Bavariyaning darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 5-turida Londonda o‘tgan Arsenalga qarshi o‘yinda (1:3) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Angliya klubi 22, 69 va 77-daqiqalarda Yurryen Timber, Noni Madueke hamda Gabriel Martinelli tomonidan urilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida 32-daqiqada Lennart Karl o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. "Albatta, bunday natija bizni xursand qilmaydi, chunki biz g‘alaba qozonishni xohlagandik.
Ikkinchi bo‘limni tahlil qilsak, Arsenalning g‘alabasi haqli edi. Biz hal qiluvchi vaziyatlarda o‘zimizni yaxshi ko‘rsata olmadik va tanaffusdan so‘ng kam imkoniyat yaratdik.
Adolatli yakun bo‘ldi", – dedi Noyer intervyusida. Hozirda Arsenal 15 ochko bilan guruh jadvalida yetakchilik qilmoqda, Bavariya esa 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.