
Manchester Yunaytedning afsonaviy sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoa uchun qaysi yarim himoyachini ko'rishni istashini aytib o'tdi. "Qizil iblislar"ning transfer maqsadlari ro'yxatida "Brayton"dan Karlos Baleba, "Nottingem Forest"dan Elliot Anderson va "Kristal Pelas"dan Adam Uorton bor.
Skoulzning tanlovi so'nggi nomzod – Adam Uorton ustida to'xtadi: "Ehtimol, men Uortonni tanlardim", – deydi mankunianliklarning sobiq yulduz yarim himoyachisi Sky telekanaliga bergan intervyusida. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, 21 yoshli Karlos Baleba va Adam Uortonning transfer qiymati 60 million yevroga teng, 23 yoshli Elliot Anderson esa 45 million yevroga baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.