
Sobiq "Zenit" yarim himoyachisi Vladislav Radimovning fikriga ko'ra, "Milan" 2025/2026-yilgi mavsumda Italiya chempioni bo'ladi. 12-turdan so'ng Massimiliano Allegri jamoasi 25 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
"Milan" hozir tiklanish jarayonida. Ular yakuniy bosqichda etishmayotgan futbolchilarni tarkibga qo'shib olishdi.
Jamoada katta salohiyat bor. Menimcha, "Milan" Italiya chempioni bo'ladi," dedi ekspert "Match TV" efirida.
"Rossoneri" hozirda peshqadam "Roma"dan ikki ochko orqada. So'nggi o'yinda "Milan" derbida "Inter"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
13-turda "Milan"ning raqibi Rimning "Latsio" jamoasi bo'ladi. Uchrashuv 29-noyabr kuni Moskva vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.