Slot: "Liverpul" jamoaviy kurash olib borishi kerak

Slot: "Liverpul" jamoaviy kurash olib borishi kerak
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning “PSV”ga Yevropa Chempionlar ligasidagi magʻlubiyatidan keyingi holati haqida fikr bildirdi. Maʼlumki, mersisaydliklar oʻz maydonlarida raqibga yirik hisobda (1:4) imkoniyatni boy berishdi.

"Biz gʻalaba uchun zarur yechimni izlashga harakat qilmoqdamiz. Oxir-oqibat, bu klubning mavjudligi sababi – kurashishni davom ettirish.

Biz birgalikda kurashishimiz kerak", – deydi mutaxassisning soʻzlarini Fabrizio Romano keltiradi. Slot, shuningdek, jamoa qanday oʻyin koʻrsatganidan qatʼi nazar – yutganmi, yutqazganmi yoki durang oʻynaganmi – doimiy ravishda qarorlarini tahlil qilib borishini qoʻshimcha qildi.

"PSV" bilan oʻyindan oldin “Liverpul” APL doirasida oʻz uyida “Nottingem Forest”dan uchta javobsiz gol oʻtkazib yuborgan edi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar