date

Rabiot: Meynan derbida ajoyib o'ynadi


Fransuz darvozaboni Mayk Meynan o'tgan dam olish kunlari "Milan"ning "Inter"ga qarshi derbidagi g'alabasida muhim rol o'ynadi. U Hakon Chalxanogʻluning penalti zarbasini qaytarib, bir nechta muhim seyvlar amalga oshirdi.

Uning bu ajoyib o'yini haqida jamoadoshi, fransuz yarim himoyachisi Adrien Rabiot fikr bildirdi. "Yakshanba kuni Mayk ajoyib edi.

Umid qilamanki, u biz bilan, ya'ni 'Milan'da qoladi. Dunyo futbolida kuchli darvozabonlar ko'p emas, Mayk ulardan biri.

U klubni yaxshi ko'radi, lekin uning shartnoma muzokaralari haqida batafsil ma'lumotga ega emasman", - deya Rabiotning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib o'tamiz, Mayk Meynan 2021-yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rabiot: Meynan derbida ajoyib o'ynadi