
Bilbao "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyams Lamin Yamalning futbol maydonidan tashqaridagi hayot tarzi haqida fikr bildirdi. "Barselona"ning 18 yoshli futbolchisi haqida ko'pincha shon-shuhrat tufayli noto'g'ri yo'lga kirishi mumkinligi aytiladi.
Biroq, "koʻk-anorranglilar"ning bu yosh iqtidorini yaqinroq biladigan insonlar bunday xavotirlarga nisbatan ancha xotirjam fikrda. "Har kim o'z hayotini o'zi tanlaydi.
Menimcha, asosiy narsa — professional bo'lib qolish va kerak bo'lganda 100 foiz bor kuchingni sarflashdir. Biz, futbolchilar, ham ishimizdan chalg'ishimiz, hayotdan zavqlanishimiz kerak, bu tabiiy hol.
Agar sadoqat va hurmat mavjud bo'lsa, men bunda hech qanday muammo ko'rmayman", — deydi Uilyams "The Touchline" nashriga bergan intervyusida. Joriy mavsumda Yamal "Barselona" safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.