Luis Enrike Vitinyaning progressini maqtadi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike portugaliyalik yarim himoyachi Vitinyaning o‘yin darajasini yuqori baholadi. "Vitinya rivojlanmoqda, jamoa ham oldinga qarab harakat qilmoqda.
U o‘ziga xos futbolchi, boshqalarga o‘xshamaydi. Uning hozirgi o‘yinidan xursandman.
Vitinya mashg‘ulotlarda ko‘p mehnat qiladi va o‘z xarakterini namoyish etadi", - dedi Enrike matbuot anjumanida. UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvda portugaliyalik futbolchi Londonning "Tottenxem" darvozasiga uchta gol urib, PSJga 5:3 hisobida g‘alaba keltirdi.
2025-yilgi "Oltin to‘p" ovoz berishida yarim himoyachi uchinchi o‘rinni egalladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing