
Yuventus klubi Kenan Yildiz bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Klubning turkiyalik futbolchi bilan yangi kelishuvga erishish niyati allaqachon ma'lum qilingan, ammo hozircha shartlar bo‘yicha kelishuvga erishilmagan.
Vaziyatni Angliya Premer-ligasining yirik klublarining 20 yoshli hujumchiga qiziqishi yanada murakkablashtirmoqda. Insider Nikolo Skira bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Yuventus Yildizga Rojdestvo bayramidan oldin yaxshilangan shartnoma taklif qiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yangi shartnomaga ko‘ra futbolchining yillik maoshi bonuslar bilan birga 5-5,5 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bonuslar Chempionlar ligasiga yo‘llanma qo‘lga kiritilganda kuchga kiradi.
Shuningdek, yaqinda Kenan Yildizning agenti bilan Londonning Arsenal klubi vakillari bog‘langani haqida xabarlar tarqaldi. Uning hozirgi shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.