Real Madrid Yuventus yulduzini nishonga oldi

Italiyaning nufuzli Gazzetta dello Sport nashri xabariga koʻra, Real Madrid prezidenti Florentino Perez Yuventus yarim himoyachisi Kenan Yildizni oʻz jamoasida koʻrmoqchi. Madridliklar joriy mavsumni sovrinsiz yakunlash arafasida turibdi va yozgi transfer oynasida tarkibni tubdan yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Kenan Yildiz Bavariya yoshlar akademiyasida tarbiyalangan boʻlsa-da, 17 yoshida Yuventus safiga oʻtgan edi. Hozirda 75 million yevroga baholanayotgan turkiyalik futbolchi Turin klubida oʻz oʻrnini topdi va jamoaning muhim oʻyinchisiga aylandi.
Yuventus ayni damda A Seriyada Chempionlar ligasi yoʻllanmasi uchun kurashmoqda. Agar klub mavsum yakunida kuchli toʻrtlikdan joy ololmasa, Yildizning Madridga oʻtish ehtimoli yanada ortishi mumkin. Inter muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirgan boʻlsa, Roma va Como jamoalari Turin klubini yaqindan taʼqib qilmoqda.
Real Madrid rahbariyati nafaqat tarkibni, balki murabbiylar shtabini ham oʻzgartirishni koʻzlamoqda. Perez yosh va iqtidorli futbolchilarni jalb qilish orqali jamoani kelasi mavsumda yana Yevropa futboli choʻqqisiga qaytarmoqchi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!