
"Chelsi" rahbariyati 18 yoshli Estevao Villian kelajakda "Oltin to'p" sovrini uchun kurashishi mumkinligiga ishonmoqda. Braziliyalik futbolchi Yevropadagi faoliyatini yorqin boshladi va yosh bo'lishiga qaramay, mamlakat milliy termasining asosiy tarkibiga kirishga muvaffaq bo'ldi.
Mashhur insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, "Chelsi" bilan Estevaoning shartnomasida "Oltin to'p" sovriniga bog'liq maxsus band mavjud: agar futbolchi bir kun kelib nufuzli individual mukofotni qo'lga kiritsa, unga bonus to'lanadi, shuningdek, ma'lum miqdordagi mablagʻ uning sobiq klubi "Palmeyras"ga ham ajratiladi. Estevao joriy yilning avgust oyida aynan "Palmeyras"dan "Chelsi" safiga qo'shilgan edi.
Hozirgi kunga qadar u London klubi safida 18 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.