
Turkiya chempionati 14-turining markaziy oʻyini qishning ilk oqshomida boʻlib oʻtdi. Unda "Fenerbaxche" va "Galatasaroy" oʻzaro kuch sinashdi.
Oʻyin hisobini 27-daqiqada Leroy Sane ochdi. U toʻp bilan yuqori texnik mahoratini namoyish etib, bir nechta aldov harakatlaridan soʻng jarima maydonchasi yaqinidan zarba berdi va toʻp himoyachidan rikoshet qilib, darvozaning burchagiga kirib ketdi.
Birinchi boʻlimning soʻngida "Galatasaroy" darvozasiga toʻp kiritildi, biroq Edsonning goli qoʻl bilan oʻynagani sababli bekor qilindi. Ikkinchi boʻlimda "Fenerbaxche" tashabbusni oʻz qoʻliga oldi va oʻyinni oʻzgartirish uchun koʻplab imkoniyatlar yaratdi.
Bu harakatlar oʻz samarasini berdi, ammo ikkinchi taymga qoʻshib berilgan vaqtning oxirida. Jon Duran chap qanotdan uzatilgan toʻpni bosh bilan darvozaning oʻng burchagiga aniq yoʻlladi.
Natijada oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi. Istanbul derbisi durang bilan tugadi.
"Galatasaroy" 33 ochko bilan birinchi oʻrinda qolmoqda, "Fenerbaxche" esa 32 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.