
'Manchester Siti' darvozabonlari Jeyms Trafford va Shtefan Ortega qishki transfer oynasida jamoani tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Jek Gogan xabar berdi.
Trafford yozda ijaradan ('Byornli' klubidan) qaytgach, unga birinchi raqamli darvozabon o'rni va'da qilingan edi. Biroq, keyinchalik klub Janluiji Donnarummani o'z safiga qo'shib oldi.
Joriy mavsumda 23 yoshli Trafford barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushdi, yetti gol o'tkazib yubordi va ikki bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 33 yoshli Ortega esa hali birorta ham o'yinda qatnashmadi.
13 turdan so'ng 'Manchester Siti' Premer-ligada 25 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.