Asensio: Luis Enrikega gina yoʻq

Ispaniyalik yarim himoyachi Marko Asensio uchun «PSJ»da ishlar o‘xshamadi va u yozgi transfer oynasida Turkiyaning «Fenerbaxche» klubiga oʻtishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, Asensio sobiq jamoasiga, xususan, ispaniyalik murabbiy Luis Enrikega nisbatan gina saqlamaydi.
"Men buni shaxsiy masalaga aylantirishni istamayman. Bu kabi holatlar Luis Enrike boshqargan boshqa futbolchilarda ham kuzatilgan.
Bu uning o‘ziga xos uslubi va shu bilan hammasi ayon. Men uning ustidan gina qilmayman.
Bu professional futbolning bir qismi", – dedi Asensio "derbyderbyderby.it" nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Asensio ilgari Madridning "Real" jamoasi sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing