Menyang va Modrich - Milanning asosiy ustunlari

Menyang va Modrich - Milanning asosiy ustunlari

Menyang va Modrich - Milanning asosiy ustunlari
Italiyaning "Milan" klubi va milliy jamoasining sobiq yarim himoyachisi Demetrio Albertini jamoaning hozirgi eng muhim futbolchilarini nomladi. Uning fikricha, bu futbolchilar fransiyalik darvozabon Mayk Menyang va yozgi transfer oynasida klubga kelib qoʻshilgan yarim himoyachi Luka Modrichdir.

"Menyang va Modrich - "Milan"ning ikki asosiy ustuni. Modrichning qancha va qanday yugurishini koʻrib hayratga tushaman.

U Ispaniya chempionatidan Italiya ligasiga juda tez moslashdi", - dedi Albertini "Pianeta Milan" saytiga bergan intervyusida. Hozirda "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar