
Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Agar 26 yoshli nemis futbolchisi shartnomani yangilashdan bosh tortsa, kelasi yozda u Dortmundni maqbul narxda tark etishi mumkin. Futbolchiga "Barselona" klubi va ayniqsa jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qiziqish bildirmoqda.
Flik Shlotterbekning o'yin uslubini yuqori baholaydi. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalar doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Shlotterbekning "Borussiya" bilan shartnomasi 2027 yil yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million yevro deb baholagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.