Kellini: Yildiz "Yuventus"da qoladi

Kellini: Yildiz "Yuventus"da qoladi
Jorjo Kellini "Yuventus" hujumchisi Kenan Yildizning kelajagi borasida fikr bildirdi. Maʼlumki, turinliklar 20 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, shu orqali uni chet elning kuchli klublariga oʻtish vasvasasidan saqlamoqchi.

Turkiyalik isteʼdod egasi hozircha rozilik bermagan boʻlsa-da, hozirda "Yuventus" rahbariyatida ishlayotgan Kellini ushbu masalada ijobiy fikrda. "Yildizning harakatlari bizni hayratda qoldirmaydi.

Shu bilan birga, ikki tomon ham bir-biridan katta zavq olmoqda. Kenan muhim oʻyinchi, ammo bunday masalalarni hal qilish oson emas.

Biz ishonamizki, u "Yuventus"da koʻp yillar qoladi", – deya italiyalik sobiq himoyachining soʻzlarini keltirmoqda mahalliy matbuot. Aytishlaricha, Angliya Premer-ligasining grand klublari Kenan Yildizni oʻz safiga qoʻshib olishni xohlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar