date

Vardi: Hammasi maqsad sari ishlamoqda


Angliyalik hujumchi Jeymi Vardi A Seriyaning o'n uchinchi turida "Bolonya"ga qarshi kechgan o'yinda ikki gol urib, "Kremoneze"ning 3:1 hisobida gʻalaba qozonishiga katta hissa qoʻshdi. Oʻyindan soʻng Vardi yangi jamoasida oʻzini baxtli his qilayotganini ma'lum qildi.

"Jamoamizda hamma ishga e'tibor qaratgan va hech kim hech narsadan shikoyat qilmaydi. Biz hammamiz mavsum boshida belgilangan maqsadimiz yoʻlida ishlayapmiz", dedi Vardi derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida.

Ta'kidlash joizki, "Kremoneze" A Seriya turnir jadvalida hozirda o‘n birinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda jamoa 7-dekabr kuni oʻz maydonida "Lechche"ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vardi: Hammasi maqsad sari ishlamoqda