date

Bavariya himoyachisini APLga sotmoqchi


Bavariyaning qanot himoyachisi Sasha Boe qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bild nashrining xabariga ko'ra, Myunxen klubi 25 yoshli fransuz futbolchisini kamida 15 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Ma'lum qilinishicha, Sasha Boega Kristal Pelas klubi qiziqish bildirgan, ammo ingliz jamoasi futbolchini ijaraga olishni afzal ko'rmoqda. Sasha Boe 2024 yilda Bavariya safiga qo'shilgan.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Boe va Bavariya o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027/28 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 18 million yevroga baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya himoyachisini APLga sotmoqchi