Slot: Sandelrlandning himoyasini yorish qiyin

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot “Sanderlend” himoyasi haqida fikr bildirdi. “Bu jamoaga qarshi vaziyat yaratish qiyin, chunki ularning barcha 11 futbolchisi o‘z jarima maydonini jonlari evaziga himoya qiladi.
Ularning goli xavfli vaziyatga o‘xshamadi. Agar bu imkoniyat bo‘lsa, unda bugun bizda shunday 20 ta imkoniyat bo‘ldi!” — dedi Slot AnfieldIndex nashriga.
Angliya Premer-ligasining 14-turida “Liverpul” va “Sanderlend” o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Hozirda mersisaydliklar 22 ochko to‘plab, turnir jadvalining yettinchi pog‘onasida bormoqda.
Keyingi turda Slot shogirdlari safarda “Lids”ga qarshi o‘ynaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing