date

Kurtua: Gapda emas, amalda koʻrsatish kerak

Kurtua: Gapda emas, amalda koʻrsatish kerak
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoaning soʻnggi oʻyinlardagi natijalari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Biz tushunishimiz kerakki, agar oʻzimizni 100 foizga safarbar qilmasak, ochkolarni boy berishimiz mumkin.

Endi gapirishni bas qilib, amalda koʻrsatishimiz kerak. Jamoamiz yanada yaxshiroq oʻynash imkoniyatiga ega.

Biz ishlashimiz va oʻz kuchimizga ishonishimiz lozim", – dedi belgiyalik darvozabon Football-Espana nashriga. Soʻnggi oʻyinda Xabi Alonsoning shogirdlari safarda Bilbao "Atletik"ini 3:0 hisobida yirik magʻlubiyatga uchratdi.

Hozirgi kunda "Real" turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kurtua: Gapda emas, amalda koʻrsatish kerak