
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi Jahon Chempionatida ishtirok etish imkoniyati haqida gapirdi. "Umid qilamanki, o‘sha paytda ham u yerda bo‘laman.
Men ilgari ham shunday xohishim borligini aytganman. Eng yomoni, tomoshabin sifatida qatnashaman, lekin bu baribir o‘zgacha bo‘ladi.
Jahon Chempionati har bir mamlakat, ayniqsa biz uchun alohida ahamiyatga ega, chunki biz buni boshqacha his qilamiz," dedi Messi ESPN bilan suhbatda. Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi amaldagi Jahon Chempioni hisoblanadi.
2022-yilgi mundial finalida "albiseleste" Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, g‘alaba qozongan edi (asosiy vaqtda 3:3 hisob qayd etilgan). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.