
Angliyaning "Aston Villa" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaning transfer siyosati haqida fikr bildirdi. Maʼlumki, kelasi transfer oynasi 1-yanvarda ochiladi.
Emerining soʻzlariga koʻra, Birmingem klubi bu safar katta transfer faolligini koʻrsatmaydi. "Bu yilgi natijalarimizdan mamnunmiz.
Ilgari Chempionlar ligasida yaxshi oʻyinga erishdik, ammo Angliya Premyer-ligasida qiyinchiliklarga duch kelgan edik. Hozirda Yevropa ligasida ham yaxshi natijalar koʻrsatmoqdamiz va Premyer-ligada ham barqarormiz", – dedi murabbiy Birmingham Live nashriga bergan intervyusida.
"Yanvar oyi transfer oynasi haqida oʻylamayapman. Balki tarkibni kuchaytirish uchun nimadir qilishimiz mumkin, lekin hozirda oʻyinchilarimizdan mamnunman.
Ularning ayrimlari hatto oʻz imkoniyatlaridan ham yaxshiroq oʻyin koʻrsatishlari mumkin", – deb qoʻshimcha qildi Emeri. 14-turdan soʻng "Aston Villa" 27 ochko jamgʻargan holda Angliya chempionatida uchinchi oʻrinda bormoqda.
Jamoa yetakchi "Arsenal"dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. Shuningdek, "Aston Villa" Yevropa ligasida oʻz guruhida 5 oʻyindan 12 ochko toʻplab, uchinchi oʻrinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.