Borussiya Myonxengladbax mehmonda gʻalaba qozondi

Borussiya Myonxengladbax mehmonda gʻalaba qozondi
Bundesliganing 13-turi "Mayns" va Myonxengladbaxning "Borussiya" klublari oʻrtasidagi juma kungi oʻyinda boshlandi. Birinchi boʻlimda "Borussiya" ustunlik qilgan boʻlsa-da, 17-daqiqada kiritilgan gol qoidabuzarlik tufayli bekor qilindi.

Ikkinchi boʻlimda, 58-daqiqada "Mayns" darvozasi oldida kechgan kurashda "Mayns" himoyachisi Danni da Kosta oʻz darvozasiga gol urib qoʻydi. Shundan soʻng, mezbon jamoa koʻproq toʻpga egalik qilishga harakat qilsa-da, hisobni tenglashtira olmadi.

Natijada oʻyin 0:1 hisobida yakunlandi. "Mayns"ning Bundesligadagi gʻalabasiz oʻyinlar seriyasi toʻqqiztaga yetdi va ular 6 ochko bilan musobaqa jadvalining soʻnggi oʻrnida qoldi.

Myonxengladbaxning "Borussiya"si esa 16 ochko bilan toʻqqizinchi oʻringa koʻtarildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar