date

Santiago Ximenes APL klublariga taklif qilindi


“Milan” hujumchisi Santyago Ximenesning Angliyaga yoʻl olishi haqidagi mish-mishlar davom etmoqda. Meksikalik futbolchi Italiyada oʻzini koʻrsata olmadi va “rossoneri” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri uni oʻz rejalariga qoʻshmayapti.

TEAMtalk xabariga koʻra, 24 yoshli futbolchi xizmatlari Angliyaning “Vest Xem” va “Lids” klublariga taklif qilingan. Transfer yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin.

Joriy yil boshida “Milan” Ximenesni Niderlandiyaning “Feyenoord” klubidan 30 million yevrodan ortiq miqdorda xarid qilgan edi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, hozirda futbolchining narxi 25 million yevroga teng.

Ushbu mavsumda hujumchi 11 oʻyinda 1 gol va 2 golli uzatma qayd etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Santiago Ximenes APL klublariga taklif qilindi