
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Jakomo Raspadori o‘z vataniga qaytishi mumkin. 25 yoshli futbolchi "matraschilar" safida asosiy tarkibda kamdan-kam maydonga tushmoqda.
Bu esa uning Italiyaga qaytishi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, hujumchini "Roma" o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
Shuningdek, "Milan" va "Yuventus" klublari ham Raspadori uchun kurashishga tayyor. Jakomo Raspadori joriy yilning avgust oyida "Napoli"dan "Atletiko"ga 22 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi.
Transfermarkt portalining baholashiga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 25 million yevroga teng. Joriy mavsumda Raspadori Diego Simeone jamoasi safida 11 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 2 golli uzatmani amalga oshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.