
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCh-2026 guruh bosqichi doirasida raqiblariga nisbatan fikrlarini bildirdi. Juma kuni oʻtkazilgan qurʼa natijasiga koʻra, Portugaliya bir guruhda Kolumbiya va Oʻzbekiston termalari bilan bellashadi.
Guruhning toʻrtinchi ishtirokchisi pley-off o‘yinlari natijasida aniqlanadi. Bu jamoa Yangi Kaledoniya, Kongo yoki Yamayka boʻlishi mumkin.
"Portugaliya va Kolumbiya oʻrtasidagi uchrashuv alohida eʼtiborga loyiq. Men ushbu oʻyinni katta faxr va hayajon bilan kutmoqdaman.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi Oʻzbekiston termasi ham chuqur ehtiromga loyiq. Pley-off orqali musobaqaga yoʻl olgan jamoalar har doim oʻzgacha ruh bilan oʻynaydi", — dedi Martines jurnalistlarga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, JCh-2026 oʻyinlari 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika stadionlarida boʻlib oʻtadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.