date

Tramp Fransiya va Ispaniyani mundialning yetakchi da’vogarlari deb atadi

Tramp Fransiya va Ispaniyani mundialning yetakchi da’vogarlari deb atadi

Jahon chempionati–2026 yaqinlashar ekan, turnir mezbonlaridan biri — AQSH prezidenti Donald Tramp futibol olamida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan bayonotlar bilan chiqdi. Uning fikricha, musobaqaning asosiy favoritlari qatoridan Fransiya va Ispaniya alohida ajralib turibdi.

M6 fransuz telekanaliga bergan intervyusida Tramp Fransiya terma jamoasini maqtar ekan, ularning salohiyatiga yuqori baho berdi:

«Fransiya o‘ta kuchli, muvozanatli tarkibga ega. Albatta, ular chempionlik uchun da’vogar jamoalardan biri. Biz esa mezbon sifatida musobaqani eng yuqori darajada o‘tkazishga tayyormiz — bu jahon chempionati haqiqiy shou bo‘ladi», — dedi u.

Birozdan so‘ng ispaniyalik jurnalistlar bilan suhbatda Donald Trampning fikrlari yana diqqatni tortdi. U Ispaniya termasini ham yuksak baholab, ularni mundial favoritlari qatoriga qo‘shdi:

«Ispaniya har doim muvozanatli, ma’no kasb etgan o‘yin namoyish etadigan jamoa bo‘lib kelgan. Ularning tarkibi, uslubi va ruhi juda chiroyli shakllangan. Men Ispaniyani juda yaxshi ko‘raman va ularning chempionlik imkoniyatlari katta deb o‘ylayman», — dedi AQSH prezidenti.

Donald Trampning ikki jamoaga nisbatan bunday iliq va qo‘llovchi fikrlari mundial atrofidagi qiziqishni yanada kuchaytirdi. Oldinda turgan eng yirik futbol turnirida Fransiya ham, Ispaniya ham haqiqiy titul uchun kurashuvchilardan biri bo‘lib ko‘rinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tramp Fransiya va Ispaniyani mundialning yetakchi da’vogarlari deb atadi