Valeriy Nepomnyashiy Oʻzbekistonning JCh-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Mashhur murabbiy Valeriy Nepomnyashiy Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi. "Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz guruhining aniq favoriti emas.
Ammo har doimgidek, yoʻqotadigan narsasi yoʻq boʻlganida, jamoa erkin oʻyin koʻrsatadi. Bu jamoa Jahon chempionatida kutilmagan sovgʻa boʻlishi mumkin", – deydi mutaxassis "Match TV"ga bergan intervyusida.
Maʼlumki, qurʼa natijalariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi Portugaliya va Kolumbiya jamoalari bilan bir guruhda oʻynaydi. Guruhga, shuningdek, qitʼalararo pley-off oʻyinlarida gʻolib chiqqan (Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki DR Kongo) jamoa qoʻshiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing