
2026-yilgi jahon chempionati final bosqichi uchun qurʼa tashlashdan soʻng Goal nashri musobaqa favoritlari reytingini yangiladi. Reytingning birinchi pogʻonasini Ispaniya terma jamoasi egalladi.
«Qizil furiya» jamoasi Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay bilan bir guruhdan oʻrin oldi. Qiziqarli tomoni, ispanlar 2018 va 2022-yilgi jahon chempionatlarida nimchorak finalda Rossiya va Marokashga magʻlub boʻlib, musobaqani tark etgan edi.
Ikkinchi oʻrinni 2022-yilgi Qatar mundialida gʻolib boʻlgan Argentina terma jamoasi egalladi. Uchinchi oʻrinda esa Angliya joylashgan.
Avvalgi reytingda inglizlar birinchi oʻrinda edi. Ular bu safar Xorvatiya, Gana va Panama bilan bir guruhda oʻynaydi.
Keyingi oʻrinlarni Portugaliya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Shveytsariya, Norvegiya va Marokash egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.